48-dars. Qay holatda -ж-, qay holatda -жж- yoziladi?

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Har bir inson savodli bo’lishi va bu bilan faxrlanishi mumkin!

48-dars. Qay holatda -ж-, qay holatda -жж- yoziladi?

Ba’zan so’zlardagi ikkilangan harflar mazkur so’zlarning yozilishida xatoliklarga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham darslarimizning bir nechtasi mana shu vaziyatni ko’rib chiqishga mo’ljallangan. Bugungi darsimizda esa bir va ikkilangan «ж» harflari qatnashgan so’zlarni ko’rib chiqamiz.

Dastlab ikkilangan, ya’ni -жж- harflari bilan yoziladigan so’zlarni ko’rib chiqamiz:

вожжи

дрожжи

жжение (но глагол – (воз)жечь) – (воз)жжённый – жжёнка

жужжать – жужжание – жужжащий - жужжалка

можжевельник – можжевеловый (чай, лес, веник)

Shunday so’zlar ham borki, ulardagi -зг- va -зд- harflar birikmasi o’zgarib, -жж- ga emas, -зж- ga aylanadi:

визг – визжать - визжащий - визжа

приезд – приезжать - приезжий

брюзга – брюзжать - брюзжащий - брюзжа

мозг – мозжечок

брезжить, дребезжать so’zlarining yozilishini eslab qoling!

Qo’shimcha! So’zlashuv nutqida kam uchraydigan va kam ishlatiladigan so’zlarning yozilishi:

брыже'йка – (медиц. термин) орган в брюшной полости

бры'жи – (устар. слово) элемент украшения на мужской и женской одежде

Mazkur so’zlar rus va chet el klassik adabiyoti asarlarida uchrashi mumkin. Bu so’zlarning ma’nosini bilsangiz, rus tilidan bilimingiz qanchalik yuqori ekanligini namoyon qila olasiz. 

27-darsni takrorlab qo’yishni tavsiya etamiz!

Keyingi darsda mavzuni davom ettiramiz!

Bilim olishdan charchamang!

Елена Бурова

1-32 Darslar

33-dars

34-dars

35-dars

36-dars

37-dars

38-dars

39-dars

40-dars

41-dars

42-dars

43-dars

44-dars

45-dars

46-dars

47-dars 

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published