56-dars. Донельзя, навсегда, послезавтра so’zlari qo’shib yoziladi!

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Kundan kunga savodingizni oshiring va mustahkamlab boring!

56-dars. Донельзя, навсегда, послезавтра – sozlari qoshib yoziladi!

Rus tilida grammatika qoidalari o’zgarishi jarayoni natijasida vaqt o’tishi bilan yozilishi o’zgarib ketgan so’zlar juda ko’p. Bugungi darsda mazkur kategoriyaga kiruvchi uchta so’zni ko’rib chiqamiz. Demak, quyidagi uchta so’z:

донельзя

навсегда

послезавтра

Bu so’zlar predlogning so’z bilan qo’shilib ketishidan hosil bo’lgan.

до (чего?) – до нельзя – донельзя

на (какое время?) – на всегда – навсегда

после (чего?) – после завтра – послезавтра

Eslab qoling! Bu uchta so’z hamisha qo’shib yoziladi – донельзя, навсегда, послезавтра!

- В вашем диктанте донельзя большое количество ошибок! Займитесь грамматикой!

- Создание искусственного озера вынудило местных жителей навсегда покинуть свои обжитые места.

- Послезавтра прибывает последняя делегация – и конференция начинает свою работу!

Quyidagi ikki назавтра - на завтра so’zlarining yozilishida o’ziga xos holat mavjud.

Diqqat qiling! – bu so’zlarning ikkisi ham to’g’ri, faqat gapdagi ma’nosiga qarab farq qiladi.

Keling, misollarda ko’rib chiqamiz:

- Назавтра (когда?) в офисе собрались практически все сотрудники, чтобы обсудить новые планы. (Bu yerda назавтра sozi narechiye sifadida qollanilmoqda).

- На сегодня и на завтра (на какое время? на какой срок?) нет никаких поручений, и вы можете распорядиться свободным временем по своему усмотрению. (Bu yerda esa predlog bilan kelgan so’z sushestvitelnoye sifatida qo’llanilmoqda).

- Назавтра синоптики обещают резкое похолодание!

- Билет куплен на завтра – на сегодня все билеты проданы.

Misollarni diqqat bilan ko’rib chiqib, tahlil qilsangiz, so’zlarni yozilishida qiyinchilikka duch kelmaysiz.

Savollaringiz bo’lsa, tortinmasdan sharhlarda yozib yuboring, biz Sizga albatta yordam beramiz!

Bilim olishdan charchamnag!

Елена Бурова

1-32 Darslar

33-54 Darslar

55-Dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published