60-dars. Вдвое yoki в двое, надвое yoki на двое – qo’shib yoziladimi yoki alohida?

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli bo’lish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

60-dars. Вдвое yoki в двое, надвое yoki на двое – qo’shib yoziladimi yoki alohida?

Do’stlar! Avvalam bor mazkur Darsda ko’rsatilgan so’zlar – narechiyelar ekanligini anglab olishimiz kerak. Bu narsa ularni chislitelnoyelar bilan adashtirmaslik uchun zarur.

Bunday narechiyelarning yozilishida bir muhim jihat bor: chislitelnoyelarning «в» hamda «на» predloglari bilan qo’shilishidan hosil bo’lgan narechiyelar qo’shib yoziladi.

“B” predlogi qatnashgan narechiyelar biror narsa yoki kimsa – odam, hayvon, buyum, qushlar, sabzavot yoki meva va hokazolarning necha barobar ko’p yoki kamligini bildiradi:

вдвое – в два раза (ikki baravar)

втрое – в три раза (uch baravar)

вчетверо – в четыре раза (tort baravar) и т.д. до десяти. On sonidan keyinpredlog+chislitelnoyening zamonaviy shakli qollaniladi: в одиннадцать раз больше, в двенадцать раз меньше и т.д.

- В этом году цыплят вывелось вдвое (в два раза) больше по сравнению с прошлым годом.

- На базаре огурцы можно купить втрое (в три раза) дешевле, чем в магазине.

- На нашем курсе девушек вчетверо (в четыре раза) больше, чем юношей.

- Прибыль в этом году возросла в одиннадцать раз!

Eslatma. Qadimgi rus tilida одиннадцатеро, двенадцатеро, тринадцатеро kabi chislitelnoyelar mavjud bo’lganligi sababli водиннадцатеро, вдвенадцатеро, втринадцатеро kabi narechiyelar qo’llanilgan.

 

«На» predlogi qatnashgan narechiyelar biror narsaning necha qismga bo’linganligini bildiradi.

надвое – на две части

натрое – на три части

начетверо – на четыре части и т.д. Yuqoridagi kabi, on sonidan keyinpredlog+chislitelnoyening zamonaviy shakli qollaniladi: на одиннадцать, на двенадцать, на тринадцать и т.д.

- Иван одним ударом топора расколол полено надвое (на две части).

- От удара молотом кусок гранита развалился напятеро (на пять частей).

- Разделите всю собранную малину на двенадцать равных частей и раздайте соседкам.

Xulosa! Chislitelnoyelarga «в» hamda «на» predloglari qo’shilishidan hosil bo’lgan narechiyelar qo’shib yoziladi.

вдвое - надвое

втрое - натрое

вчетверо - начетверо

впятеро - напятеро

вшестеро - нашестеро

всемеро - насемеро

НО! Всегда в восемь раз – на восемь частей, долей и т.п.

вдевятеро - надевятеро

вдесятеро- надесятеро

Chislitelnoyega predlog qo’shilishidan hosil bo’lgan narechiyelarning yana bir turi bor. Uni keyingi darsda ko’rib chiqamiz. Hozircha esa bugungi darsda ko’rib chiqilgan narechiyelar ishtirokida gaplar tuzib, bilimingizni mustahkamlab oling. Ko’proq yozma mashqlar qiling, chunki mexanik xotira yodda yaxshiroq saqlanib qolinadi.

19-Darsni takrorlab qo’ying!

Елена Бурова

1-32 Darslar

33-54 Darslar

55-Dars

56-Dars

57-Dars

58-Dars

59-Dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published