61-dars. На боковую, на мировую, на попятную kabi so’zlar doim alohida yoziladi!

Posted by Dilya Usmanova on



RUS TILI SAVODXONLIGI

Toki til bor ekan – savodxonlikni oshirish ehtiyoji ham bor!

61-dars. На боковую, на мировую, на попятную kabi sozlar doim alohida yoziladi!

Do’stlar! Bugungi dars mavzusi uchta narechiye. Vazifamiz esa ularning qanday yozilishini eslab qolish! Ya’ni, на predligidan alohida yozilishi:

на боковую

на мировую

на попятную

Bugungi zamonaviy rus tilida mazkur so’zlar nisbatan kamroq ishlatiladi. Kompyuter slengi rus tilining boyligi va xilma-xilligini “qashshoqlashtirib yubordi”. Ammo rus tilini yaxshi ko’rgan, o’z fikrlarini to’g’ri va chiroyli yetkaza berishni xush ko’radidan insonlar bu uchta so’zni eslab qoladilar hamda o’z so’z boyliklarini oshiradilar.

Mazkur narechiyelar qo’llanilishini misollarda ko’rib chiqamiz:

- После сытного ужина компания дружно отправилась на боковую (все легли спать). 

- Все договоры уже подписаны! А вы – на попятную (т.е. отказываетесь от сделки)? 

- Спорящие зашли в тупик, а потому было предложено пойти на мировую (решить спор мирным путём). 

- А ты почему до сих пор не спишь? Завтра же экзамен! А ну быстро на боковую (быстро спать)! 

- Если завтра наши партнёры пойдут на попятную (откажутся от своих обязательств), мы прекратим с ними сотрудничество. 

- Наконец судебный спор разрешился – противостоящие стороны согласились пойти на мировую (пойти на компромисс, решить спор мирным соглашением). 

Hа боковую, на мировую, на попятную kabi narechiyelarning ma'nosini yaxshi bilib oldingiz, degan umiddamiz. Endi siz ulardan yaqinlaringiz, do’stlaringiz, kursdoshlaringiz va hamkasblaringiz bilan kundalik o’g’zaki hamda so’zlashuv nutqingizda foydalanishingiz va bu bilan ularni hayratga solishingiz mumkin. 

Bugungi darsimiz mana shulardan iborat edi. O’tgan darslarni ham takrorlab qo’yishni unutmang! Savollaringiz bo’lsa, tortinmasdan izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin!

Bilim olishdan charchamang!

Елена Бурова

1-32 Darslar

33-54 Darslar

55-Dars

56-Dars

57-Dars

58-Dars

59-Dars

60-Dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published