Dunyodagi hajmi eng katta asar

Jul Romen taxallusi bilan ijod qilgan taniqli fransuz yozuvchisi, she’riy va dramatik asarlar muallifi, olim Lui Anri Farigul qalamiga mansub “Yaxshi niyat elchilari” romani nashr qilingan adabiy asarlar ichida eng kattasi hisoblanadi.
Roman 27 tomdan iborat bo’lib, 1932 yildan boshlab 1946 yilgacha chop etilgan edi. Hisob-kitoblarga qaraganda, ushbu epik asarning hajmi sal kam besh ming sahifadan iborat bo’lib, undagi so’zlar soni esa ikki milliondan ham oshib ketgan. Bulardan tashqari mundarija va ma’lumotnomalarning o’zi ham 150 ta sahifani tashkil etar edi. Bundan kelib chiqadiki, romandagi so’zlarning soni Bibliyadagidan 2,5 barobar ko’pdir.

Share this post