YANGI YIL MUBORAK!

Posted by Dilya Usmanova on

Hurmatli do’stlar!

Qadrli vatandoshlar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2024 yil bilan tabriklaymiz! Sizlarga samimiy va ezgu tilaklarni bildirib qolamiz!

Yangi yil qutlug’ va barokatli bo’lsin! Ushalmagan ezgu orzu niyatlaringiz kelayotgan yilda amalga oshsin!

Yuzingiz hamisha yorug’, martabangiz ulug’, boshingiz baland bo’lsin!

Hamisha hurmatda, izzatda, yaqinlaringiz ardog’ida bo’ling! Oilangizda mehr-oqibat, sevgi-muhabbat, baxt saodat hukm sursin!

Hayotda yuqori cho’qqilarni zabt etib, olg’a qadam tashlab yuring!

Kelayotgan Yangi Yil barchamizga baxt, omad, tinchlik, xotirjamlik, moliyaviy barqarorlik olib kelsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo’lsin!

Xonadonimizdan fayz, quvonch, dasturxonimizdan baraka arimasin!

Yangi Yil barchamizga muborak bo’lsin!



Audiobook.uz ijodiy jamoasi

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published