YAQINLASHIB KELAYOTGAN NAVRO'Z AYYOMI MUBORAK BO'LSIN!

Posted by Dilya Usmanova on

Qadrli do'stlar!

Barchangizni fasllar kelinchagi bo'lmish Bahor hamda uyg'onish va yangilanish bayrami - "Navro'z" ayyomi bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Sizlarga bahoriy iliqlik, yorqinlik, quvonch va farahbaxsh onlar tilaymiz!
Navro'z tarovati hayotingiz yangilanishiga xizmat qilsin, unda g'am-g'ussaga o'rin qolmasin!
Tonglaringiz hamisha munavvar, turmushingiz farovon, dasturxoningiz to'kin-sochin, ko'nglingiz mehru-muhabbatga limmo-lim bo'lsin! Har bir kuningiz fayzu-barokatga, hayotingiz yorqin lahzalarga boy bo'lsin!
Rizqingiz keng, nasibangiz butun bo'lsin! Baxt, quvonch, omad va tetiklik sizni hech qachon tark etmasin!
 
Navro'z muborak, aziz do'stlar!
 

Audiobook.uz ijodiy jamoasi

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published