YAQINLASHIB KELAYOTGAN XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN!

Posted by Dilya Usmanova on

Aziz ayollar!

Muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar!

Sizlarni yaqinlashib kelayotgan go’zallik va nafosat bayrami bo’lmish Xalqaro xotin-qizlar kuni – 8 Mart bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Siz oila va jamiyat ustuni, hayotimiz fayzi va ko‘rkidirsiz!

Siz latofatingiz va zakovatingiz bilan dunyoni tebratib kelgansiz!

Siz munavvar osmonning yorug’ yulduzi, mehr-muhabbat bulog’i, baxt-saodat qasri, vafo-sadoqat timsolisiz! Siz dunyo bezagi, quvonch va shodlik ulashuvchi xilqatsiz!

Ayollarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Ushbu yorqin, qutlug’ bahoriy kunda dilbar ayollarimiz, lobar qizlarimizga eng ezgu va samimiy tilaklarni bildirib qolamiz!

Hayotingiz go’zal va mazmunli bo’lsin! Nurli chegrangizdan tabassum arimasin, turmushingiz quvonch va baxtga limmo-lim bo'lsin!

Hamisha yaqinlaringiz ardog’ida, izzat-hurmatda bo’ling!

Baxt gullariga ko'milib, sevgi sharobiga cho'milib yashang!

Hayotingiz orzuga, orzuingiz voqelikka aylansin!

Ezgu niyatlaringiz ijobat bo’lsin! Umringiz uzoq, sog’lig’ingiz mustahkam bo’lsin!

Hamisha go’zal, maftunkor va jozibador bo’lib yuring!

Bayramingiz qutlug’ bo’lsin, aziz ayollar!

 


Hurmat bilan audiobook.uz ijodiy jamoasi

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published