Quyosh Tutilgan Kun Normurod Norqobilov Hikoya Yuklab Olish

Regular price $1.00

Shipping calculated at checkout.
Quyosh tutilgan kun hikoya mp3
Hikoya Boborayim govning yomon niyatini amalga oshirish uchun qizni ta'qib etib kelayotgan paytda Sobir polvonning aralashuvi voqeasidan boshlanadi. Boborayim gov benomus, shavqatsiz odam. Hozir qamoqda yotgan qizning akasi qachonlardir Boborayimni xafa qilgan ekan. Boborayim qiz ayni himoyasiz qolgan bir paytda akaning o'chini singildan olishga nomardlarcha urinadi. Bu niyatini Sobir polvon barbod qiladi. Quturgan itdan battar bu gumroh, o'ziga jichcha qarshi yurganni kechirmaydi. Endi Sobir polvonni qonini ichmoqqa qasam ichadi. Orada Sobir polvon bilan qiz o'rtasida muhabbat kurtak ocha boshlaydi. Qishloqda esa Boborayim qizga tuhmat qilib, iflos gap tarqatadi. Sobir polvon bu gaplarga chek qo'yish, qizning pok nomini oqlash maqsadida Boborayim bilan uchrashgani qishlog'iga boradi. Oralarida or uchun, jon uchun kurash bo'lib o'tadi. Sobir polvon gavni yiqitadi. Lekin nomard raqib sezdirmay polvonga pichoq sanchiydi. Bu fojia ayni quyosh tutilgan vaqtga to'g'ri keladi.
(79,15 Мb)
Hikoyaning namunasini bepul tinglang
Muallif - Normurod Norqobilov;
Suxandon – O’zbekistonda  xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Dilorom Karimova;
Rejissyor – Yelena Burova;
Musavvir - Yevgeniya Polejayeva;
Eshitilish vaqti – 43:14